AQŞ-Xitoy kompaniyasi Lucid Motors yangi elektrokarini taqdim etdi. Air deb nomlangan modelning savdosi 2021 yilda boşlanadi. Uşbu model Tesla elektromobillari raqobatçisi bölişi e'tirof etilmoqda.

Maşinaning top versiyasi Air Dream Edition deb nomlanadi. U umumiy kuçi 1095 ot kuçini beruvçi ikkita elektr motor bilan jihozlanadi. Maşina turgan joyidan 100 km/soatgaça tezlaşişi 2,5 soniyani taşkil qiladi. U bir quvvatlanişda 810 km yöl bosa oladi. Taqqoslaş uçun, Tesla Model S modelining eng kuçli versiyasi Long Range Plus bir quvvatlanişda 647 km yöl bosa oladi.

2021 yilning 2-çoragida yangi modelning Lucid Air Grand Touring deb nomlangan, 800 ot kuçiga ega modifikatsiyasi sotila boşlanadi. Uşbu maşina bir quvvatlanişda 830 km yöl bosa oladi. Uning maksimal tezligi 270 km/soatni taşkil qiladi. 

Bundan taşqari, kompaniya 2021 yil oxirida Air Tourinğning 620 ot kuçiga ega versiyasiga buyurtmalar olişni boşlaydi. Uşbu maşina bir quvvatlanişda 653 km yöl öta oladi. Maşinaning maksimal tezligi 250 km/soatni taşkil qiladi. U turgan joyidan 100 km/soat tezlikkaça 3,2 soniyada erişa oladi.