Yaponiyaning H.I.S. Hotel Holdings Co. Ltd kompaniyasi Olmazor tumani Abdulla Qodiriy köçasida joylaşgan Qodiriy nomidagi boğning 2-lot hududida umumiy maydoni 0,5 ga bölgan 4 yulduzli zamonaviy özbekona uslubdagi mehmonxona majmuasi qurmoqda.

Turizm qömitasi xabariga köra, qurilayotgan uşbu mehmonxona 140 xonadan iborat bölib, töğridan-töğri Yaponiya investitsiyalari hajmi 13 mln. AQŞ dollarini taşkil etadi. 2020 yilning yanvar-iyun holatiga 5,8 mln. AQŞ dollar özlaştirildi.

Hozirgi kunda mehmonxonani quriş işlari jadallik bilan amalga oşirilmoqda. Mehmonxonaning yertöla qismi va birinçi qavati bitgan bölib, uşbu quriliş işlariga 100dan ortiq işçi jalb qilingan. Mazkur loyihani 2021 yil oxirida foydalanişga topşiriş möljallangan. Yaratiladigan iş örinlarining umumiy soni 73tani taşkil etadi. 

Prezidentning 2020 yil 9 yanvardagi “Özbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga möljallangan Investitsiya dasturini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 4563-sonli qaroriga asosan Toşkent şahrida turizm sohasiga oid jami 14 loyiha kiritilgan bölib, ularning umumiy qiymati 429,5 mln. dollarni taşkil etadi. Şundan 420 mln. dollar töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni taşkil etadi. Joriy yilning yanvar-iyun oylarida jami 45,4 mln. dollar özlaştirilgan.