Komilov va Lebedev MDH davlat rahbarlari kengashi majlisiga tayyorgarlik masalasini muhokama qildi
Uchrashuvda O‘zbekistonning MDHga raisligining asosiy voqeasi – Davlat rahbarlari sammitiga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
2020 yilning 11 sentabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Moskva shahrida MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi - MDH Ijrochi kotibi Sergey Lebedev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TIV xabariga ko‘ra, suhbat davomida O‘zbekistonning 2020 yilda MDHga raisligi Tadbirlar rejasini amalga oshirish jarayoni yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Koronavirus pandemiyasiga qaramay O‘zbekiston tomoni ilgari rejalashtirilgan tadbirlarning aksariyatini muvaffaqiyatli amalga oshirgani qayd etildi.
Bu yil MDHning ustav organlari Tashqi ishlar vazirlari kengashi (12 may), Hukumat rahbarlari kengashi (29 may) va MDH Iqtisodiy kengashi (30 iyun) yig‘ilishlari hamda sohaviy hamkorlik organlarining qator uchrashuvlari videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zbekistonning MDHga raisligining asosiy voqeasi – Davlat rahbarlari sammitiga (16 oktabr) puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Ushbu tadbir kun tartibiga MDH faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan muhim masalalar kiritilganligi ta'kidlandi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
21:12 / 12.12.2024
MDH davlatlari havo hujumidan mudofaa birlashgan tizimini yaratadi
16:26 / 12.12.2024
Abdulaziz Komilov Turkmanistonning «Hurmatli el yoshullisi» unvoni bilan taqdirlandi
18:28 / 06.12.2024