Ölçaş vositalarini davlat sinovlaridan, metrologik attestatsiyadan, qiyoslaş va kalibrlaşdan, şuningdek sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan ötkaziş qoidalari tasdiqlandi.
 
Ma'lumot uçun:

  • ölçaş vositalari – ölçaş uçun möljallangan va normal metrologik xususiyatga ega bölgan texnik vositalar;
  • sinov vositalari – sinovdan ötkaziş uçun möljallangan, normal texnik xususiyatlarga ega bölgan texnik qurilma, buyum va (yoki) materiallar.

Norma’ning yozişiça, oktyabrdan «Metrologiya töğrisida»gi Qonunning yangi tahriri kuçga kiradi, unga muvofiq:

  • metrologik attestatsiya bir birlikda işlab çiqarilgan yoki Özbekistonga bir birlikda import qilingan ölçaş vositasining xususiyatlarini tekşiriş asosida uni qöllaşga yöl qöyilişi mumkinligini aniqlaş maqsadida ötkaziladi, sinov vositalariga nisbatan esa – ularning normal texnik xususiyatlari texnik tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlaş uçun ötkaziladi;
  • kalibrlaş ma'lum şaroitlarda, ölçaş vositasi yordamida olingan kattalik qiymati va etalon bilan qayta tiklanadigan tegişli kattalik qiymati örtasidagi nisbatni aniqlaş orqali ölçaş vositalarining metrologik tasniflarini aniqlaşga imkon beradi;
  • qiyoslaşda ölçaş vositalarining belgilangan metrologik talablarga muvofiqligi tekşiriladi va tasdiqlanadi.

Barça işlar akkreditatsiyalangan metrologiya xizmati tomonidan manfaatdor yuridik yoki jismoniy şaxslarning arizasiga asosan bajariladi, arizaga ölçaş yoki sinov vositasi hamda tegişli hujjatlar ilova qilinadi. Ariza beruvçi va ijro etuvçi örtasida şartnoma tuziladi, şu jumladan elektron şaklda tuzilişi ham mumkin. Ariza beruvçi tuzilgan şartnoma şartlariga muvofiq işlar uçun haq tölaydi.
 
Taomillar tasdiqlangan sxemalarga muvofiq bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi (sxemalarga quyida keltirilgan havolalardan ötib kiriş mumkin). Har bir keyingi bosqiçga avvalgi bosqiçda ijobiy natijalarga erişilgandan keyin ötiladi. Quyidagi asosiy jihatlarga e'tibor qaratamiz:  

a) ölçaş vositalarini davlat sinovidan ötkazişda taqdim etilgan hujjatlar metrologik ekspertizaga beriladi va ekspert xulosasi rasmiylaştiriladi. Davlat sinovidan ötkaziş davomiyligi ayrim holatlar istisno qilingan holda 25 kundan oşmasligi lozim.