Viloyatda yangi öquv yiliga qizğin tayyorgarlik körilib, yozda bir qator umumta'lim maktablari ta'mirlangan. Xususan, investitsiya dasturi asosida 33 ta maktab sifatli ta'mirdan çiqarilgan bölsa, 20 ta maktabni mahalliy budjet hisobidan ta'mirlaş işlari olib borildi.
Viloyat hokimligi vakilining kun.uz muxbiriga ma'lum qilişiça, viloyatda 7 sentyabrdan ayrim maktablar faoliyati boşlab yuborilgan. Qolgan maktablar 14 sentyabrdan boşlab bosqiçma-bosqiç oçib boriladi. Xalq deputatlari şahar va tuman kengaşlarining qaroriga binoan oçişga tayyor deb topilgan maktablarda yangi öquv yilini boşlaşga ruxsat beriladi.
Şuni aytiş joizki, viloyat hokimligi tomonidan viloyat xalq ta'limi boşqarmasi tasarrufidagi umumta'lim maktablari öquvçilarining soğliğini saqlaş va karantin qoidalariga töla rioya qilinişini ta'minlaş maqsadida umumta'lim maktablariga 1500 dona pirometr yetkazib berilgan. Şuningdek, umumta'lim maktablari 7.640 litr antiseptik vositalari bilan ta'minlandi.
Ayni paytgaça yangi öquv yiliga puxta tayyorgarlik köriş doirasida viloyatdagi umumta'lim maktablarining 25 ming nafar öqituvçilaridan koronavirusga testlar olindi. Test natijalariga köra ularning 52 nafari infeksiya yuqtirib olganligi aniqlandi.












