Vazirlar Mahkamasining “Mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish, 2021 yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish va mahsulot yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, fermer xo‘jaliklari, agroklasterlar (kooperatsiyalar), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklarining takliflari asosida:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021 yil hosili uchun asosiy maydonlarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishning prognoz ko‘rsatkichlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021 yilda asosiy maydonlardan yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari prognoz ko‘rsatkichlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2019-2020 yillarda foydalanishga kiritilgan va o‘zlashtirilgan yer maydonlarga 2021 yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021 yilda      2019-2020 yillarda foydalanishga kiritilgan va o‘zlashtirilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning prognoz ko‘rsatkichlari;

Respublikaning lalmi maydonlarida 2021 yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishning prognoz ko‘rsatkichlari;

Respublikaning lalmi maydonlarida 2021 yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishning prognoz ko‘rsatkichlari;

2021 yil paxta hosili uchun g‘o‘zaning rayonlashgan va istiqbolli navlarini joylashtirish jadvali;

2021 yilda ilgari belgilangan xarid narxlariga nisbatan rag‘batlantiruvchi koeffitsiyent joriy etiladigan g‘o‘zaning seleksion navlari;

2021 yil paxta hosilini yetishtirishning prognoz hajmlari;

2021 yil paxta hosili uchun chigit ekish sxemalari;

2021 yil paxta hosili uchun sug‘urta urug‘lik fondini hisobga olgan holda urug‘lik paxta xomashyosini tozalash va urug‘lik chigitni tayyorlash hajmlari;