Amerika bojxona xizmati soxta AirPods quloqçinlari töxtatib qolingani haqida xabar qilgaç, ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari va jurnalistlar ularning OnePlus quloqçinlari ekanligiga e'tibor qaratişdi.

«Bu Apple emas» degan yozuv ostidagi xabar AQŞ bojxona va çegara nazorati (CBP) xizmatining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e'lon qilingandi. Bojxonaçilar musodara qilingan mahsulotlar Jon Kennedi nomidagi aeroportda musodara qilinganini ma'lum qilib, ularning fotosuratlarini namoyiş etgandi.

Ma'lumot berilişiça, 2000 dona quloqçindan iborat yuk Hongkongdan Nevadaga jönatilgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari va jurnalistlar suratlardagi aksessuarlar soxta quloqçinlar emas, balki haqiqiy OnePlus Buds quloqçinlari ekanligiga e'tibor qaratişdi.

Bojxonaçilar xabariga OnePlus rasmiy akkaunti ham izoh berib, quloqçinlarni musodara qilmaslikni söradi.

 OnePlus Buds simsiz quloqçinlari iyul oxirida taqdim etilgandi. Ularning narxi 79 dollarni taşkil etadi.