Apple korporatsiyasi «It’s Glowtime» taqdimoti doirasida yangi AirPods 4 quloqçinini taqdim etdi. 

Quloqçinning ikkita versiyasi çiqariladi: birida şovqinni faol bostiriş funksiyasi böladi, ikkinçisida esa yöq.

Quloqçinlar dinamiklarning yangi geometrik joylaşuvi tufayli yaxşilangan ovozga ega H2 protsessorini oldi. Qurilmada atrofdagi tovuşlarni eşitiş uçun şaffoflik rejimi mavjud, masalan, şaharda «avariyalar»ning oldini oliş uçun. Eşitiş vositasining qutisi kiçikroq böldi. Endi odam bilan suhbat davomida musiqa ovozi avtomatik pasaytiriladi, şunda foydalanuvçi musiqani qölda öçirişi yoki töxtatişi şart bölmaydi.

Foto: Apple 

AirPods 4 quloqçini 20 sentabrda sotuvga çiqariladi, uning narxi şovqinni bostiriş funksiyasi bilan 179 dollar va bunday funksiyasiz 129 dollar. Kompaniya, şuningdek, USB-C portiga ega AirPods Max 2 quloqçinini ham taqdim etdi. U 549 dollar narxda sotuvga çiqariladi.

Foto: Apple 

Şuningdek, yangi AirPods Pro quloqni baland şovqindan himoya qiladi - funksiya neyron tarmoqlar yordamida avtomatik ravişda işlaydi. Quloqçindan foydalanib, eşitiş testini ötkaziş mumkin böladi, şundan söng foydalanuvçi grafiklar bilan hisobot oladi. Quloqçin eşitiş qobiliyatiga moslaşadi va foydalanuvçilarning quloqlarini baland tovuşlardan himoya qiladi, masalan, konsertda. Taqdimotda kompaniya AirPods Pro narxi va çiqariliş sanasi haqida ma’lumot bermadi.