16 sentyabrda respublikaning şimoliy tumanlariga Volgaböyidan salqin va kam nam havo oqimi kirişni boşlaydi. Kun davomida bu oqim mamlakatning şimoli va çöl zonasidan ötadi va bulutlilikning ortişi va kunduzgi haroratning 20-25 darajagaça pasayişiga olib keladi.

«Özgidromet» xabariga köra, 17-18 sentyabrda salqin va kam nam havo butun Özbekiston hududiga tarqaladi. Hamma joyda bulutlilik ortadi, qisqa muddatli yomğirlar faqat respublikaning toğoldi va toğli tumanlarida yoğişi mumkin. Harorat keçasi 10-15 darajagaça, kunduzi 22-27 darajagaça pasayadi, bu iqlimiy me'yordan 5-7 darajaga pastdir.

Sovuq havo fronti ötişi natijasida 16-17 sentabr kunlari respublika böyiça şamolning tezligi 15-20 m/s gaça kuçayişi kutilmoqda.

19 sentyabrda janubi-ğarbiy issiq havo sovuq oqimni siqib çiqarişni boşlaydi va kunduzgi harorat 1-2 darajaga kötarilib, 25-30 darajani taşkil qiladi.