Ta'kidlanişiça, «UNG PETRO» MÇJga qaraşli yoqilği quyiş şoxobçalarida benzin yoqilğisi narxi pasayişi kutilmoqda. Bu xorijdan import qilinadigan benzin hajmi köpayişi va transport xarajatlari pasayişi bilan izohlanadi.
«Özbekneftgaz» AJ matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, 15 sentabr kunidan boşlab AYoQŞlardagi import qilingan AI-92 markali benzinning narxi 6000 sömdan 5,500 sömga, mahalliy işlab çiqaruvçilarning AI-92 markali benzinining narxi esa 5,800 sömdan 5,500 sömga arzonlaştirilmoqda.
Avvalroq, «Özbekneftgaz» 20 iyundan boşlab yoqilği quyiş şoxobçalarida AI-92 markali import benzinning narxi 5500 sömga çiqişi (öşa paytda 5000 söm edi) haqidagi tarqalgan xabarlarni rad etgandi.
«Özbekneftgaz» qayd etişiça, yoz oylarida xorijiy benzin işlab çiqaruvçi hamkor korxonalar eksport hajmini pasaytirgandi. Şu tufayli, import qilinadigan benzin narxida qariyb ming söm ösiş kuzatilgan.
Tovar-xomaşyo birjasida ötkazilgan ötgan hafta savdolari yakuniga köra, savdoga qöyilgan 45 ming 314 tonna AI-80 markali avtomobil benzinidan 23 ming 117 tonnasi, ya'ni 51 foizi sotilgan. Körib çiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinning kunlik örtaça narxlari mahsulotning bir tonnasi uçun 4 869,7 ming sömdan 4 905,4 ming sömgaça ya'ni 0,7 foizga kötarildi.
Körib çiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning örtaça haftalik kotirovkasi 4 907,5 ming sömni, AI-91 – 5 584,2 ming sömni taşkil etdi.












