Osiyo taraqqiyot banki (OTB) tomonidan e'lon qilingan yangi hisobotga köra, COVID-19 pandemiyasi, talabning sustligi, sanoat işlab çiqarişi va xizmatlar sohasidagi pasayiş natijasida bu yil Özbekistondagi iqtisodiy ösişning yanada pasayişi kutilmoqda.
OTBning yetakçi yillik iqtisodiy naşri bölmiş Asian Development Outlook 2020’ga (ADO) kiritilgan yangi ma'lumotlarga muvofiq, OTB 2020 yilda Özbekiston YaIM ösişini 0,5 foiz darajasida prognoz qilmoqda va bu iyun oyidagi 1,5 foiz darajasidagi prognozga nisbatan pasayişdir. Biroq, 2021 yilda YaIM 6,5 foizgaça kötarilişi kutilmoqda va bu prognoz bu yil oldinroq qilingan prognozga mos keladi.
- Bizning hisobotimizda bu yil ösişning pasayişini taxmin qilinayotgan bölsa-da, xizmatlar va sanoat sohalarida kutilayotgan ösiş natijasida 2021 yilda qayta tiklaniş kutilmoqda, - deydi OTBning Özbekistondagi doimiy vakolatxonasi rahbari Sindi Malviçini. - Mamlakat pandemiyani eng qisqa vaqt içida yengişi va iqtisodiyotni tiklaşini ta'minlaş uçun biz kasallikning ijtimoiy va iqtisodiy ta'sirini va soğliqqa bölgan ta'sirini kamaytiriş borasida Özbekiston xalqini qöllab-quvvatlab, yordam berib kelmoqdamiz.
Bankning inflatsiya prognozlari özgarişsiz qolmoqda – 2020 yilda 13 foiz va 2021 yilda 10 foiz. Pandemiya bilan boğliq uzilişlar 2020 yilning dastlabki 7 oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining inflatsiyasini oşirdi, biroq bu davrda boşqa tovar va xizmatlar narxlari inflatsiyasi sekinlaşdi. Şu bilan birga, oldingi yilga nisbatan Özbekiston sömining AQŞ dollariga nisbatan qadrsizlanişi 2019 yilning birinçi yarmidagi 2,5 foizdan bu yil 6,7 foizgaça kötarildi.
Sayohat çeklovlari va Rossiyadagi zaiflik tufayli pul ötkazmalarining qisqarişi va tabiiy gaz va misga bölgan talabning va narxlarning pasayişi sababli tovarlarning eksporti 19,7 foizga pasayişi natijasida Özbekistonning joriy hisob defitsiti 2020 yilning birinçi yarmida YaIMning 7,7 foiziga ösdi.
Ta'minot zanjiridagi uzilişlar tovarlar importining 14,1 foizga qisqarişiga olib keldi, quriliş va sanoat mollari importida sezilarli pasayiş kuzatildi. Xizmatlar eksporti 38,6 foizga, importi esa 28,4 foizga pasaydi. Eksport va pul ötkazmalaridagi zaiflik davom etayotgan şaroitda bank joriy hisob defitsitining 2020 yilda oşişini va 2021 yilda eksport va pul ötkazmalarining tiklanişi natijasida qisqarişini prognoz qilmoqda.
















