Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining koronavirus böyiça maxsus vakili Devid Nabarroning ta'kidlaşiça, dunyo hali koronavirus pandemiyasining boşida turibdi. U bunday fikrni Britaniya parlamentining taşqi işlar qömitasi yiğilişida aytib ötgan.

Nabarroning aytişiça, hozirda koronavirus bilan boğliq vaziyat epidemiyalar haqidagi ilmiy fantastikadagidan ham yomonroq köriniş olgan. “Bu vaziyat haqiqatan ham jiddiydir – biz pandemiyaning hattoki örtasida ham emasmiz. Biz hamon bu yölning boşidamiz. Biz pandemiya dunyoga qanday ziyon yetkazayotganini körmoqdamiz”, deb ta'kidlab ötgan JSST vakili va pandemiya Yevropada alohida bosqiçga kirib, qaytayotganini qöşimça qilgan.

Mutaxassisning ta'kidlaşiça, pandemiya özining hozirgi “dahşatli” körinişida şunçalik nazorat ostidan çiqib ketdiki, u dunyoni nafaqat turğunlikka, balki ulkan iqtisodiy pasayiş tomon tortmoqda. Uning aytişiça, pandemiya “noçor, töyib ovqat yemaydigan odamlar sonining 2 barobar köpayişiga, yuz millionlab kasodga uçragan kiçik korxonalarga olib keladi”.