Namangan viloyati Kosonsoy tumanida 15 sentabr, seşanba kuni ota-onasini qörqitib qöyiş maqsadida öz joniga qasd qilgan ikki fuqaroning biri kasalxonada vafot etdi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi boş boşqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum bölişiça, Kosonsoy tumani, «Uzunqişloq» MFYda yaşovçi, 1999 yilda tuğilgan fuqaro I.M. va Kosonsoy tumani «Boğ» MFYda yaşovçi, 2000 yilda tuğilgan sevgan qizi bilan bir neça yil davomida yaxşi körişib yurgan. Biroq ota-onalari ularning turmuş qurişlariga qarşilik qilgan.

Şundan söng, yigit va qiz özaro kelişgan holda 2020 yil 15 sentabr, soat 11:00lar atrofida jonlariga qasd qiliş maqsadida dala maydoniga borib, özlari bilan olib kelgan oş piçoq bilan dastlab K.M. yaxşi körgan yigiti I.M.ning qorin qismiga bir marotaba urib, söngra piçoqni I.M.ga berib, qorniga urişni söragan. I.M. piçoq bilan K.M.ning qorin qismiga bir marotaba urgan vaqtida qiz huşidan ketgan va yiqilib tuşişi oqibatida piçoq qizning qorin qismiga çuqur kirgan va vafot etgan. I.M. esa şifoxonaga yotqizilgan.

Uşbu holat böyiça tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.