15 sentabr kuni Xalq deputatlari Piskent tumani kengaşining navbatdan taşqari 12-sessiyasi bölib ötdi.
Sessiyada viloyat hokimi Rustam Xolmatov sözga çiqib, keyingi vaqtlarda Piskent tumanini ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirişda yöl qöyilgan xato va kamçiliklar, şuning barobarida, amalga oşirilgan bir qator loyihalar böyiça fikr bildirdi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilişiça, Piskent tumani hokimi Şuhrat Ahmedov işda yöl qöygan kamçiliklarini tan olgan holda öz arizasiga köra vazifasidan ozod etilgan. Şuningdek, tuman prokurori Rustam Musoyev, içki işlar bölimi boşliği Şahzodxon Töraxonov hamda soliq inspeksiyasi rahbari A. Abduvaliyev ham işdan olingan.

Sessiya davomida Rahimjon Rixsiyev tuman hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan. Bungaça u Toşkent viloyati hokimining yordamçisi lavozimida işlab kelayotgan edi.

Rahimjon Rixsiyev 1982 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. Millati – özbek. Ma'lumoti oliy. 2003 yilda Toşkent davlat moliya institutini, 2005 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida iqtisodiyot va boşqaruv tizimida bir qator vazifalarda faoliyat yuritgan.

Sessiyada yangi tarkibda iş boşlagan sektor rahbarlari taniştirilgan. Jumladan, Alişer Jörayev – tuman prokurori, Şuhrat Meliyev – IIB boşliği, Jasur Sayfiyev – DSI boşliği etib tayinlangan.


















