Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi boşliğining birinçi örinbosari Davlatnazar Matrasulov Rossiya Federatsiyasida taqiqqa tuşib qoliş ehtimolidan qoçib yurgan özbekistonlik fuqarolar haqida gapirdi.

«Rossiya Federatsiyasi Içki işlar vazirligi bergan ma'lumotga köra, uşbu mamlakatda 600 ming nafar taqiqqa tuşib qoliş ehtimolidan qoçib yurgan, röyxatda turmagan özbekistonliklar mavjud. Ötgan yillar mobaynida 421 ming özbekistonlik taqiqqa uçragani uçun Özbekistonga qaytib kelgan.

Kuni keça Rossiya Federatsiyasiga ketgan işçi guruhimizning kun tartibidagi eng dolzarb masalalardan biri – aynan şu fuqarolarga amnistiya e'lon qilinişiga erişiş hisoblanadi.

Amnistiya e'lon qilinadigan bölsa, xorijdagi fuqarolar jarimasiz, heç qanday ma'muriy jazo qöllanmagan holda Özbekistonga qaytib keliş huquqiga ega böladi. 421 ming kişi taqiqqa tuşib, bu davlatga kira olmay yurgan bölsa, ular işlaş uçun yana xorijga çiqiş imkoniyatiga ega böladi», deya Davlatnazar Matrasulovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi boşqarma boşliği Azim Ahmadov Özbekistondan işlaş uçun qaysi davlatlarga ketişi osonligi, u davlatlarga borganda iş topiş ayollar yoki erkaklar uçun oson ekanini haqidagi savolga javob berdi.

«Özbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlatlarga işlaş uçun çiqişlari oson va qiyinlik darajasi bor. Bu qaysi mezonlar bilan ölçanadi?

Birinçidan, ma'lum bir davlatlar borki, ularga kirib boriş uçun viza talablari mavjud, ya'ni işçi viza talablari bor. Hamda u yerda işlaş uçun ham talablar belgilangan. Şunday davlatlar borki, ularga boriş uçun viza talab etilmaydi.

Bugungi kunda migrantlarning eng köp soni ham şu jihatlarni inobatga olgan holda Qozoğiston va Rossiya hududlarida, ya'ni MDH davlatlarida köproq uçraydi. Bu boriş osonligi, ma'lum bir vaqtda Özbekiston Respublikasi hududidan çiqib ketib, bu davlatlarga erkin kirib borişi bilan asoslanadi.

Rossiya Federatsiyasi va Qozoğiston Respublikasida asosan quriliş sohasida köplab fuqarolar işlaşini inobatga oladigan bölsak, bu davlatlarda erkaklar soni nisbati juda yuqori. Ayollar uçun iş topişda qator qiyinçiliklar yuzaga keladi.

Kuzatilayotgan keyingi tendensiyalarga köra, uy xöjaligida xizmatçilik, enagalik va boşqa kasblarga talab yuqori bölgani uçun Turkiya Respublikasida ayollar uçun iş topiş va işga joylaşiş osonroq keçadi», dedi Azim Ahmadov prezidentning «Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori ijrosiga bağişlab ötkazilgan matbuot anjumanida.