Davlat statistika qömitasi xabariga köra, 2019 yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan sanoat işlab çiqarişning fizik hajm indeksi 94,8 foizni taşkil etdi.

Sanoat işlab çiqariş tarkibida eng katta uluş işlab çiqaradigan sanoat hissasiga töğri kelib, uning jami sanoat işlab çiqarişdagi uluşi (82,0 foiz)ni taşkil etdi.

Jami sanoat işlab çiqariş fizik hajmi pasayişining asosiy omili bölib, toğ-kon sanoati va oçiq konlarni işlaş sanoatida 25,7 foizga va suv bilan ta'minlaş, kanalizatsiya tizimi, çiqindilarni yiğiş va utilizatsiya qilişda 8,8 foizga va işlab çiqaradigan (qayta işlaş) sanoatning 0,6 foizga pasayişi kuzatildi.

Şuningdek elektr, gaz, buğ bilan ta'minlaş va havoni konditsiyalaşning 11,5 foizga ösişi kuzatildi.