AQŞda TikTok va WeChat ilovalarini yuklab oliş taqiqlandi, deb xabar berdi Reuters mamlakat savdo vazirligidagi manbalariga tayanib.
Endilikda AQŞ hududida yaşaydigan foydalanuvçilar TikTok yoki WeChat yangilanişlarini yuklab ololmaydi. Manbalarning ta'kidlaşiça, hukumat foydalanuvçilarni ilovalarni telefonlaridan öçirişga majbur qilmaydi, ammo Apple va Google kompaniyalari mamlakat hududidagi platformalaridan Xitoy ilovalarini öçirişga majbur böladi.
Şu bilan birga, Amerika kompaniyalariga Xitoy hududida WeChat orqali biznes yuritişga ruxsat beriladi. Agarda TikTok Vaşington bilan aktivlarni bölişiş borasida kelişuvga erişsa, ilova AQŞ hududida bloklanmaydi.
Aktivlarni bölişiş TikTok’ning Amerika kompaniyasiga sotilişini anglatadi. Microsoft avgustda Xitoyning ByteDance kompaniyasidan uşbu ilovani sotib olmoqçi ekanligini bildirgandi.













