TikTok formatidagi qisqa videolarni köp tomoşa qiliş kognitiv funksiyalarning yomonlaşişi va ruhiy soğlomlikning susayişiga sabab böladi. Psychological Bulletin (PB) jurnalida e’lon qilingan tadqiqot mualliflari ana şunday xulosaga kelgan.
Olimlar qariyb 100 ming kişi qatnaşgan 70ta tadqiqot natijalarini tahlil qilib çiqişdi. Tadqiqotlarda bir neça soniyadan ikki daqiqagaça davom etuvçi qisqa videoroliklarning ta’siri örganilgan.
Tahlillar qisqa videolarga mukkasidan ketiş kognitiv faoliyatga salbiy ta’sir qilişini körsatdi. Birinçi navbatda gap diqqatni jamlaşning pasayişi va impulsiv reaksiyalarni nazorat qiliş qobiliyatining susayişi haqida bormoqda. Oddiyroq aytganda, faol foydalanuvçilar e’tiborni jamlaş va öz hislarini nazorat qilişga qiynalişadi.
Mualliflarning fikriça, yorqin va tez özgaruvçan muntazam videooqim miyani “sekin” bajariladigan vazifalar – öqiş, anglaş va tahliliy fikrlaş kabilarni kamroq qabul qilişga moslaştirib qöyadi.
Qisqa videoroliklar ruhiy salomatlikka ham salbiy ta’sir körsatişi ma’lum böldi. Inson qisqa videolarni qançalik köp tomoşa qilsa, unda xavotir, tuşkunlik va stress alomatlari, uyqu buzilişi şunçalik köp uçraydi.
Tadqiqotçilarning qayd etişiça, insonni junbuşga keltiruvçi tusdagi kontentlar va videolar tasmasini töxtovsiz aylantiriş uxlaşga xalaqit beradi hamda dam olişga möljallangan vaqtni sovuradi.













