Mass-media fondi vasiylik kengaşi raisi Komil Allamjonov Buyuk Britaniyaning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Tim Torlot bilan onlayn uçraşuv ötkazdi. Bu haqda u öz Telegram-kanalida ma'lum qildi.

«Uçraşuvda Fond tomonidan amalga oşirilgan loyihalar muhokama qilindi, pandemiya paytida yolğon ma'lumotlarning tarqalişiga qarşi kuraşiş böyiça çora-tadbirlar va qiyin ahvolda bölgan jurnalistlarni qöllab-quvvatlaş haqida malumot berildi.

Ommaviy axborot vositalari faoliyati erkinligi masalasi atrofliça muhokama qilindi. Özbekiston prezidenti tomonidan e'lon qilingan ommaviy axborot vositalari faoliyatini liberallaştiriş va söz erkinligini ta'minlaşga qaratilgan işlar davom etayotgani qayd etildi.

Umuman olganda, suhbat samimiy va döstona ruhda ötdi. Biz kelgusidagi hamkorlik va qöşma loyihalarni, şu jumladan, mamlakatimizda söz va ommaviy axborot vositalarining erkinligini rivojlantirişga qaratilgan loyihalarni amalga oşirişga kelişib oldik», – deb yozadi Komil Allamjonov.

Eslatib ötamiz, Britaniya elçisi Kun.uz'ga bergan intervyusida Özbekistondagi söz erkinligi borasida ham öz fikrlari bilan örtoqlaşgan edi.

«Bu yerga kelganimdan buyon odamlardan eng köp eşitgan gaplarimdan biri aynan söz erkinligini ta'minlaş borasidagi özgarişlar haqida böldi. Munozaralarni taşkil etiş, jamiyat orasida bahs-muzokaralarga sabab böladigan mavzularni yoritişda jurnalistlarning faollaşuvi hamda örni kelganda hukumatni ham tanqid qila bilişi bu sohadagi islohotlar natijasi, deb öylayman», – degandi elçi Tim Torlot.