Qarorda karantin tadbirlarini bosqiçma-bosqiç yumşatiş, xususan, xalqaro qatnovlarni tiklaş orqali aholi hamda tadbirkorlik sub'yektlari uçun qulay şart-şaroit yaratiş muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etilgan.
«Respublika aeroportlarida, temir yöl stansiyalarida va çegara punktlarida şaxslar va transport vositalarini harakatlanişi böyiça bundan oldin kiritilgan çeklovlar yumşatilib, 2020 yil 1 oktyabrdan mavjud karantin va sanitariya-gigiyena talablariga qat'iy rioya etgan holda Özbekiston Respublikasiga aviatsiya, temir yöl va avtoyöl ötkaziş punktlari orqali kirib-çiqişga ruxsat berildi», deyiladi Kun.uz’ga taqdim etilgan ma'lumotda.
Maxsus komissiyaning 2020 yil 31 avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan Koronavirus pandemiyasi davrida muntazam xalqaro aviaqatnovlarni amalga oşiriş tartibi töğrisida vaqtinçalik yöriqnoma talablari barça turdagi xalqaro aviaqatnovlarga va xalqaro temir yöl qatnovlarini amalga oşiriş holatlariga ham tegişliligi böyiça tatbiq etilişi belgilangan.













