Janubiy Koreyaning T'Way Airlines aviakompaniyasining Seul – Uhan reysini bajargan samolyoti Tyanxe xalqaro aeroportiga 16 sentyabrda mahalliy vaqt bilan soat 10:48da yetib kelgan. Samolyot şu kunning özidayoq ortiga qaytgan.

Ta'kidlanişiça, endilikda uşbu reys har haftaning çorşanba kunlari Boeing 737-800 samolyotida amalga oşiriladi.

Uhanga kelgan barça 60 yölovçi 14 kunlik karantindan ötiş uçun maxsus mehmonxonaga jönatilgan.

Ayni vaqtda Uhan şahri aeroporti 73 ta içki yönaliş böyiça reyslarni tiklagan. Aeroport har kuni 500ga yaqin reysga xizmat körsatadi. Aeroportga içki reyslar bilan keluvçi yölovçilar oqimi 2019 yilning şu davridagi körsatkiçning 90 foizi darajasida tiklangan.