Davlat soliq qömitasi huzuridagi Kadastr agentligining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas'uliyati belgilanadi.

Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi huzuridagi Kadastr agentligi töğrisidagi hamda Davlat kadastrlari palatasi töğrisidagi nizomlarni tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi. 

Quyidagilar:

Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi huzuridagi Kadastr agentligi töğrisidagi nizom;

Davlat muassasasi şaklida Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi töğrisidagi nizom tasdiqlanadi.

Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi huzuridagi Kadastr agentligi töğrisidagi nizomga köra, agentlik köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş, geodeziya va kartografiya hamda davlat kadastrlarini yuritiş sohasida, şuningdek, yerlarning hisobini yuritiş, davlat yer, kadastr va geodeziya nazorati böyiça  yagona davlat siyosatini amalga oşiruvçi vakolatli davlat boşqaruvi organi hisoblanadi va öz faoliyatida bevosita Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasiga böysunadi.

Agentlik Davlat soliq qömitasining tarkibiy bölinmasi hisoblanadi va uning tizimiga kiradi.

Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:

Agentlik markaziy apparati;

Davlat soliq qömitasi huzuridagi Kadastr agentligining Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar boşqarmalari;

Davlat soliq qömitasi huzuridagi Kadastr agentligining tuman (şahar) bölimlari;

Davlat kadastrlari palatasi;

Nizolarni sudgaça körib çiqiş komissiyasi;

Respublika aerogeodeziya markazi;

Davlat kartografiya-geodeziya fondi;

“Özdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalaş instituti;

“Geoinnovatsiya markazi” DUK;