Vivo kompaniyasi 6,47-dyuymli HD+ displeyi, USB Type-C porti hamda 5000 mAch sig‘imli akkumulyatoriga ega yangi Y30 smartfonini taqdim etadi. Smartfonda shuningdek, asosiy kvadrokamera ham mavjud.
Ko‘zni qamashtiruvchi 3D ranglar
Yangi vivo Y30 smartfoni ikki xil rangda bo‘ladi:
- Zumrad qora rang
Qora va yashil rangli qatlamlar chaqnab turadi, soyada suvdagi to‘lqinlar kabi jilolanadi.
- Porloq moviy rang
Rangdagi nurlar nafislikni aks ettirgan holda raqsga tushadi.

Smartfonning tashqi qiyofasi
Ko‘k rangni filtrlovchi qulay ekranga ega smartfon ko‘zga tushadigan bosimni yengillashtirishga yordam beradi. Katta 6,47 dyuymli displey esa nozik ramka va 19.5:9 optimal muvofiqlikka ega bo‘lib, ekranning sirtga nisbati 89.24 foizni tashkil etadi.

Katta sig‘imli akkumulyator
5000 mAch, bu esa kun davomida ishlash imkonini beradi. Smartfonni simmetrik USB Type-C orqali tezda zaryadlash imkoni mavjud. Type-C port uyqudan oldin quvvatlovchi kabelni adashmay ulash imkonini beradi. 5V/1A qaytarma quvvatlash texnologiyasi bilan esa telefon boshqa bir telefon yoki qator qurilmalar uchun quvvat manbaiga aylanishi mumkin.

To‘liq quvvatlanish quyidagi ishlarni amalga oshirishga yetadi:
Video tomosha qilish: 12 soat
O‘yinlar o‘ynash: 11 soat
Musiqa tinglash: 46 soat



















