Osiyo Çempionlari Ligasida V guruhida 5-tur öyinlari yakunlandi.
«Paxtakor» BAAning «Şabob Al Ahli» klubi bilan bahs yuritdi va qatorasiga ikkinçi öyinda 0:0 hisobini qayd etdi.
Guruhning ikkinçi öyinida Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubi Eronning «Şahri Hudru» jamoasi bilan durang öynadi va 11 oçko bilan muddatidan avval keyingi bosqiçga çiqdi.
V guruhida ikkinçi yöllanma masalasi sönggi, 6-turda hal böladi. Bu yöllanma 8 oçko bilan 2-örinni egallab turgan «Paxtakor» yoki 7 oçko bilan 3-poğonaga joylaşgan «Şabob Al Ahli»ga nasib etadi. 1 oçkoga ega Eron klubi esa yurişini guruh bosqiçida yakunladi.
23 sentabr kuni ötadigan sönggi turda «Paxtakor» «Şahri Hudru» bilan, «Şabob Al Ahli» esa «Al Hilol»ga qarşi bahs yuritadi.
OÇL, V guruhi, 5-tur, 20 sentabr
Şabob Al Ahli – Paxtakor 0:0
Şabob Al Ahli – 55.Majid Nosir, 9.Abdulaziz Haykal, 21.Muhammad Jaber, 5.Volid Abbos, 37.Ahmad Jamil, 78.Eyd Hamis ( 77.Ahmad Alhaşmi, 53), 15.Abdulla Naqbi (6.Aziz Ğaniyev, 62), 88.Majid Hassan, 34.Harib Abdulla (30.Muhammad Juma, 62), 3.Karlos Eduardo, 11.Ahmad Halil.
Paxtakor – 25.Eldor Suyunov, 3.Hojiakbar Alijonov, 23.Şerzod A'zamov, 15.Yegor Krimets (S), 34.Farruh Sayfiyev, 20.Odil Hamrobekov, 27.Sardor Sobirxöjayev (21.Abror Ismoilov, 72), 17.Doston Hamdamov (99.Javohir Sidiqov, 65), 10.Dragan Çeran, 9.Jaloliddin Maşaripov, 11.Igor Sergeyev (77.Eren Derdiyöq, 72).
Ogohlantirişlar: Sardor Sobirxöjayev 7, Volid Abbos 46, Abdulaziz Haykal 49, Karlos Eduardu (78), Abror Ismoilov (85).
Şahri Hudru – Al Hilol 0:0











