O‘zbekiston | 11:24 / 21.09.2020
7919
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston nomzodi Turkiy kengash bosh kotibi o‘rinbosari sifatida ish boshlaydi

Mirvohid Azimov Turkiy kengashdagi faoliyatini shu yil oktabr oyidan boshlashi kutilmoqda.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy kengash) bosh kotibi o‘rinbosari lavozimiga O‘zbekiston fuqarosi Mirvohid Azimov nomzodini tasdiqlash jarayoni yakunlangani haqidagi ma'lumot taqdim etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Mirvohid Azimov Toshkent shahrida tug‘ilgan, 40 yoshda. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini 2003 yilda xalqaro huquq bo‘yicha bakalavr va magistr darajasi bilan tamomlagan, yuridik fanlari nomzodi.

U Tashqi ishlar vazirligida 17 yillik mehnat tajribasiga ega. To‘rt yil davomida Pekindagi Shanxay hamkorlik tashkiloti kotibiyatida ishlagan. 2012 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligining yuridik bo‘limini boshqarib keladi.

Mirvohid Azimov Turkiy kengashdagi faoliyatini shu yil oktabr oyidan boshlashi kutilmoqda.

Mavzuga oid