Azon News'ning «Savol-javob» loyihasida «Islom moliyasi va halol tijorat» mavzusida suhbat taşkil etildi. Unda «Islom moliyasi» loyihasi mualliflari – Xondamir Nusratxöjayev va Muzaffar Husniddinovlar islom moliyasiga oid köplab savollarga javob berişdi.

– Islom moliyasi nima? U nimaga asoslanadi? Islom moliyasining oddiy moliyadan farqini tuşuntirib bersangiz.

Muzaffar Husniddinov:

– Islom moliyasi bu – boşqa moliya tizimlari kabi faoliyat yuritadigan, ya'ni pul bilan boğliq amaliyotlarni bajaradigan moliya tizimi. Bu tizimda ham banklar, suğurta kompaniyalari, turli moliyaviy taşkilotlar böladi. Farqi – mamlakat qonunçiligidan taşqari, islom moliyasi, ya'ni fiqh qoidalariga ham javob berişi talab qilinadi.

Bu yerdagi asosiy talab – nimaga suyanadi deyilganida, islom dinining manbalariga suyanadi. Ya'ni asosiy manbalar – Qur'on, sunnat, undan taşqari fiqh manbalaridagi ijmo, qiyos usullaridan foydalaniladi.

Islom moliyasining asosiy tamoyillaridan eng birinçisi bu – riboning taqiqlanganligi. Islom moliyasi bilan şuğullanadigan islom banklari yoki takoful kompaniyalari riboga oid amaliyotlarni bajarmaydi, ya'ni qarz beradigan bölsa, uning ustiga qöşimça foiz olmaydi. Uning örniga boşqa oldi-sotdi, şerikçilik bitimlarini taklif qiladi.

Ikkinçi tamoyil ğarar deb ataladi. Ya'ni yuqori darajadagi noaniqlik, mavhumlik, turli spekulyatsiya öyinlarini islom moliyasi amalga oşirmaydi.

Bundan taşqari, faoliyatning özi. Masalan, islom dinida taqiqlangan faoliyatlar – spirtli içimliklar, qimor, ribo yoki turli buzuq sohalarga investitsiya kiritmaydi. Qisqaça şunday ta'rif berişimiz mumkin.

– Islom moliyasi va halol tijorat doirasida faoliyat yuritiş uçun ta'lim oladigan talabalarga qandaydir grantlar, ilm oliş imkoniyatlari bormi? Öqişni tamomlagaç, qayerdan iş topiş mumkin, töliqroq ma'lumot bera olasizmi?

Xondamir Nusratxöjayev:

– Bu savolni köpçilik söraydi. Avvalambor, bir narsani tuşuniş kerak: islom moliyasida islom va moliya degan sözlar bor. Buning uçun albatta moliya, iqtisodni tuşuniş kerak. Iqtisod özi nima, qanday işlaydi, vazifalari nimalardan iborat? Moliya, davlat moliyasi, korxonaning moliyasi nima degani, qanday tamoyillarga suyangan – bu narsalarni albatta biliş kerak.