Samarqand viloyati Jomboy tuman IIBga 1992 yilda tuğilgan A. ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.
U 2020 yil 17 sentabr kunidan 18 sentabr kuniga ötar keçasi noma'lum şaxs Jomboy tumanida joylaşgan avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçasi ofisining ikkinçi qavati eşigining oçiqligidan foydalanib, u yerga ğayriqonuniy ravişda kirib, xonada bölgan temir seyfni kalit tanlaş yöli bilan oçib, seyf içida bölgan 320 000 000 söm pullarini yaşirin ravişda öğirlab ketganligini ma'lum qilgan.
Jomboy tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur öğrilik jinoyatini Urgut tumani Çumçuqli MFYda yaşovçi, 1995 yilda tuğilgan J. va Urgut tumani Terak MFYda yaşovçi, 1998 yilda tuğilgan X. sodir etganligi aniqlanib, ulardan 84 500 000 söm pullar aşyoviy dalil sifatida hujjatlaştirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jomboy tuman IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












