2020 yil 10 sentabr kunidan 11 sentabr kuniga ötar keçasi Jizzax viloyati Şarof Raşidov tumanida yaşovçi 42 yoşli I.M. tuman hududida joylaşgan fermer xöjaligi dala maydonida bölgan, “Qöşköprik” mahallasida yaşovçi 59 yoşli F.J.ga tegişli jami bozor narxi 300 mln. sömlik 216 boş mayda şoxli çorva mollarini yaşirin ravişda öğirlab ketgan.

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida fuqaro I.M. fuqaro F.J.ga tegişli qöylarning 168 boşini fuqaro M.K.ga qaraşli Jizzax şahrida joylaşgan avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçasi hovlisiga olib borib qöyilganligi aniqlanib, tegişli tartibda hujjatlaştirib olingan hamda fuqaro F.J.ga tilxat asosida topşirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Şarof Raşidov tumani IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan I.M.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda köp miqdorda sodir etilgan öğirlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Dastlabki tergov jarayonida I.M. gumon qilinuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.