O‘zbekiston | 08:23 / 23.09.2020
4826
1 daqiqa o‘qiladi

Uzbekistan Airways Bishkekka parvozlar sonini oshirmoqda

Uzbekistan Airways Bishkekka parvozlar sonini oshirmoqda. Bu haqda aviakompaniya xabarida aytilgan.

2020 yil 1 oktyabrdan boshlab Bishkekka qatnovlar haftasiga 2 marotaba amalga oshiriladi. 

Parvozlar jadvali:

Toshkent-Bishkek  

07:05 / 09:15
16:00 / 18:10

Bishkek-Toshkent

18:40 / 19:00
19:40 / 20:00

Mazkur qatnovlarga aviachiptalarni aviakompaniya veb-saytidan, AJ mobil ilovasi orqali, shuningdek, Uzbekistan Airways AJning eng yaqin sotuv ofislaridan yoki O‘zbekiston Respublikasidagi aviakompaniya tashuvlarini sotish agentliklaridan sotib olish mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid