Bugun, 24 sentabr kuni AOKAda IMEI-kodlarni röyxatdan ötkaziş bilan boğliq masalalarda körilayotgan çora-tadbirlar töğrisida qator mas'ul taşkilot vakillari va jurnalistlar iştirokida tadbir bölib ötdi. Unda «Özbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boşqariş respublika markazi» DUK direktori Bobur Tillaboyev röyxatdan ötgan IMEI-kodlar böyiça axborot berdi.

«2019 yilning 1 yanvaridan 15 sentyabrgaça respublikamiz hududiga 58,8 ming dona mobil qurilma importi amalga oşirilgan bölsa, joriy yilning şu davrida mobil qurilmalarning import hajmi 7,7 barobarga oşgan. Şu kungaça mobil qurilmalarni röyxatdan ötkaziş tizimi orqali 47,14 milliondan ziyod IMEI-kodlar röyxatdan ötkazilgan.

Jumladan:

  • 2019 yil 1 apreldan 2019 yil 1 noyabrgaça – 42,61 million IMEI-kodlari avtomatik tarzda;
  • 2019 yil 1 noyabrdan 1 dekabrgaça – 1,47 million IMEI-kodlari bepul ravişda operatorga murojaat etiş orqali;
  • 2020 yilning 1 yanvaridan 15 sentyabrgaça – 3,06 million IMEI kodlar pullik asosda: şundan 691,1 ming dona import qiluvçilar (22,5 foiz), 51,5 ming dona mahalliy işlab çiqaruvçilar (1,7 foiz), 2,323 million dona jismoniy şaxslar (75,8 foiz) tizimda röyxatdan ötkazildi.

Mobil qurilmalarni identifikatsiya kodlari böyiça röyxatga oliş tizimi amaliyotga joriy etilgandan söng 2019 yil 1 noyabrdan 2020 yil 15 sentyabrga qadar mobil qurilmalarning import hajmi 911 ming 882 donani (47,3 mln dollar) taşkil etdi.

Mobil qurilmalar asosan Xitoy, Vetnam, Hindiston, Birlaşgan Arab Amirliklari, Hongkong va Qozoğiston davlatlaridan import qilingan bölib, import qiluvçilar ötgan yilning şu davriga nisbatan 41taga yoki 2,7 barobarga oşgan», dedi u.