Nyu-Yorkning Bruklin mavzesida (AQŞ) «Ziyo Art» özbek maktabi iş boşladi, uning rasmiy oçiliş marosimi 2020 yil 19 sentabr kuni bölib ötdi.
Taşqi işlar vazirligi xabariga köra, tadbir Özbekistonning Nyu-Yorkdagi boş konsulxonasi va «Mahalla USA» diaspora taşkiloti bilan birgalikda taşkil etildi.
Boş konsulxona ma'lumotlariga köra, maktab 16 Avenue O, Brooklyn NY 11204 manzilida joylaşgan bölib, quyidagi fanlar böyiça maşğulotlar olib boriladi: «Özbek tili va adabiyoti», «Odobnoma», «Tasviriy san'at», «Şaxmat» va «Matematika».
Darslar şanba va yakşanba kunlari özbek tilida Özbekistondan olingan maxsus öquv materiallaridan foydalangan holda malakali öqituvçilar tomonidan olib boriladi. Öqituvçilar tanlov asosida saralab olingan.
Boş konsulxona Özbekiston hukumati nomidan özbek maktabi kutubxonasi fondiga kitoblar va badiiy adabiyotlarni topşirdi, deyiladi xabarda.












