Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida Özbekistonda kambağallikka tuşganlarning 7 foizida diplom borligi ma'lum qilindi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov bayon qildi.

“Özbekistondagi kambağallikka tuşganlarning 7 foizi diplomli kambağal hisoblanadi. Bu Özbekistonda diplomi bor kişining kambağallikka tuşiş ehtimoli past degani”, – dedi Obid Hakimov.

Ma'lum qilinişiça, ijtimoiy himoya tizimi kambağallikni qisqartirişda eng muhim yönaliş hisoblanadi. UNICEF tadqiqotlariga köra, oxirgi uç yilda Özbekistonda şakllangan ijtimoiy himoya tizimi kambağallikni 39 foizga kamaytirişga xizmat qilgan. 

Obid Hakimovga köra, Jahon banki har oy aholining daromadidan kelib çiqib, kambağallik darajasini baholab boradi. 2018 yilda Özbekistonda kambağallik darajasi 11,4 foiz bölgan bölsa, 2020 yilda bu 7,8 foizga tuşişi kerak edi. Ammo pandemiya sabab Özbekistonda qöşimça 450 ming kişining kambağallika tuşiş ehtimoli paydo böldi. 

Ma'lum qilinişiça, iqtisodiy taxminlarga köra 2021 yilda bu körsatkiç 6,2 foizga tuşişi közda tutilgan.