Livan yana boş vazirsiz qoldi — 31 avgustda boş vazir vazifasini bajarişga kirişgan Mustafo Adib iste'foga çiqqanini e'lon qildi. Bu haqda Al Arabiya xabar bermoqda.

 Qayd etilişiça, siyosatçi yangi vazirlar mahkamasini şakllantiriş atrofidagi siyosiy kelişmovçilik sababli şu qarorga kelgan. Adib fraksiyalar bir töxtamga kela olmagani uçun uzr söradi.

 Adib yangi hukumatni şakllantirişi lozim edi, şundan keyin islohotlar ötkazişni rejalaştirgandi. 

 Hukumatning avvalgi tarkibi 10 avgustda iste'foga çiqqandi. Bunga bir neça kun davom etgan norozilik namoyişlari sabab böldi.