1 noyabrga qadar guvohnomasini yöqotgan haydovçilar arizasini qabul qiliş va içki tizim orqali ma'muriy amaliyot bölimidan zarur ma'lumotlarni elektron oliş dasturini joriy etiş nazarda tutilmoqda. 

Oliy Majlis Senatining beşinçi yalpi majlisida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş va sohaga oid qonun hujjatlarining ijro etilişi holati yuzasidan parlament sörovi yuborilgandi. 

Senat axborot xizmati xabariga köra, sörovda umumta'lim maktablarida yöl harakati qoidalari va harakat xavfsizligi asoslarini örgatiş uçun öquv reja, dasturlar, darslik va öquv qöllanmalar mavjud emasligi masalasi kötarilgan. Şuningdek, xalq ta'limi xodimlarining malakasini oşiriş böyiça muassasalar öquv dasturiga tegişli mavzular kiritilmaganligi qayd etilgan.

Şu kunlarda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasiga kelgan javobda parlament sörovidan kelib çiqib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Özbekiston Respublikasida yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş, yöl-transport hodisalarining oldini oliş böyiça amalga oşirilişi lozim bölgan kompleks çora-tadbirlar dasturi” işlab çiqilganligi ma'lum qilingan. Unda “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” majburiy fanini joriy etiş, tegişli dasturlarni işlab çiqiş va tasdiqlaş belgilandi. Bu masala böyiça normativ-huquqiy hujjat loyihasini 1 oktyabrgaça işlab çiqiş rejalaştirilgan. Şuningdek, 2021 yil yanvar oyidan öqituvçilar malakasini oşiriş dasturiga yöl harakati qoidalarining kiritilişi közda tutilgan.

Parlament sörovida kötarilgan yana bir dolzarb muammo - Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi tegişli qarori bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi “Yöl harakati qoidalari”ni ham takomillaştiriş zarurati edi. Jumladan, mazkur Qoidalardagi ba'zi bandlarning örni almaştirib yuborilgani oqibatida tegişli bandlardagi havolalar mutlaqo boşqa bandlarga taalluqli bölib qolayotgani qayd etilgandi. Bundan taşqari, Qoidalarning özbek va rus tillaridagi matnlarida ham katta tafovutlar mavjud. Bu masala böyiça yuqoridagi dasturda 2021 yil 1 yanvariga qadar Yöl harakati qoidalarining yangi tahririni işlab çiqiş vazifasi belgilandi.

Şuningdek, parlament sörovida haydovçilik guvohnomasini oliş uçun bilimlarni baholaşda test savollari imtihon biletlaridagi yöl harakati qoidalariga zid yoki ma'naviy, texnik eskirganligi masalasi kötarilgandi. Bunga javoban Vazirlar Mahkamasining tegişli çora-tadbirlar dasturida 2021 yilning 1 iyuniga qadar test savollarini qayta körib çiqiş va takomillaştiriş vazifasi qöyildi.

Yöqotilgan (öğirlangan, yonğin, tabiiy ofat oqibatida va boşqa hollarda) milliy haydovçilik guvohnomasi dublikatini olişning amaldagi tartibi öta murakkab, korrupsiyaga oçiqdan-oçiq yöl oçuvçi talablar, byurokratik tösiqlardan iborat ekanligi – bu parlament sörovida kötarilgan yana bir muammo. Bu masala yuzasidan yuqoridagi dasturda 1 noyabrga qadar guvohnomasini yöqotgan haydovçilar arizasini qabul qiliş va içki tizim orqali ma'muriy amaliyot bölimidan zarur ma'lumotlarni elektron oliş dasturini joriy etiş nazarda tutilmoqda. Bunda Içki işlar vazirligining yagona avtomatlaştirilgan hisobga oliş tizimi ma'muriy amaliyot tizimi bilan integratsiya qilinadi.