“Özbekiston temir yöllari” AJ Tojikiston Respublikasi Söğd viloyati Spitamen tumani hududida 630 öquvçi öringa  möljallangan umumta'lim maktabining bino va inşootlari kompleksini qurib va jihozlab berdi.  

Maktab alohida işlab çiqilgan, öquv jarayonlarini samarali taşkillaştirişga,  fizika, ximiya, astronomiya, biologiya va çizmaçilik fanlari böyiça amaliy maşğulotlarni  ötkazişga, şuningdek, öğil bolalarni metall va yoğoçga işlov beriş, qizlarni esa uy-rözğor işlari,  pazandaçilik, qöl-hunar va çevarçilik san'ati böyiça mehnat könikmalarini örgatişga, yopiq sportzal va oçiq stadionda sport maşğulotlari bilan şuğullanişga, kutubxonada bilimlari darajasini oşirişga, tanaffuslarda ovqatlanişga har jihatdan qulay şaroitlar közda tutilgan loyihaga binoan qurildi.

Maktabning bino va inşootlar kompleksi 2,1 gektar maydonda joylaşdi. Birinçi blokning birinçi qavatida biologiya, ximiya, fizika, astronomiya va çizmaçilik fanlari böyiça sinflar va laboratoriyalar, metall va yoğoçga işlov beriş, uy-rözğor işlari, pazandaçilik, qöl-hunar va çevarçilik san'ati böyiça mehnat könikmalarini örgatişga kabinetlar joylaşgan. Ikkinçi qavatda boşlanğiç sinflar, öquv kuni uzaytirilgan guruhlarga möljallangan maxsus kabinet, direktor, direktor örinbosari, öqituvçilar, şifokor, kanselyariya, buxgalteriya va komendant xonalari joylaşgan. Uçinçi qavatda öquv va kompyuter sinflari, ona tili va adabiyot, ingliz tili, matematika, geografiya kabinetlari joylaşgan.

Ikkinçi blok birinçi qavatida sport zal, sport öqituvçisi, anjom – uskunalar, yeçiniş, duş, hojatxona, xonalari joylaşgan.