«Turizm fidoyisi» ko‘krak nishoni sohiblari ma'lum bo‘ldi
“Turizm fidoyisi” ko‘krak nishonining 2020 yilgi sovrindorlari ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi xabar qilmoqda.
Prezidentning 2019 yil 13 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5781-sonli farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 iyuldagi 433-sonli qarori bilan “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni ta'sis etildi.
Ushbu ko‘krak nishoni O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5781-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan davlat organlari, jamoat tashkilotlari, tadbirkorlik sub'yektlari, ijtimoiy soha va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda chet eldagi vatandoshlarni rag‘batlantirish maqsadida ta'sis etildi.
Ko‘krak nishonning 2020 yilgi sovrindorlari:
1. Mahmud Abdullayev – Janubiy Koreyadagi “LAZZAT” o‘zbek restorani rahbari;
2. Badak Sadik – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining shtatdan tashqari maslahatchisi;
3. Amina Bekjonova – “MUINAK TOUR” MChJ direktori;
4. Gulmurod Zarifullayev – “Sintobiston” oilaviy mehmon uyi rahbari;
5. Shuhrat Ibragimov – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Surxondaryo viloyatidagi hududiy boshqarmasining Marketing va turizm muayyan turlarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i;
6. Doniyor Qodirov – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining turizm va transport obektlarida xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha o‘rinbosari – Polkovnik;
7. Kiyosi Kurosava – Yaponiyalik kinorejissyor, ssenarist, yozuvchi va pedagog;
8. Ilhom Mahkamov – Transport vazirning birinchi o‘rinbosari;
9. Alisher Nazirov – O‘zbekiston “Hunarmand” uyushmasi Farg‘ona viloyati Rishton tumani bo‘limi a'zosi, kulol;
10. Murodulla Saydaminov – Orient Voyage sayyohlik firmasi bosh direktori;
11. Sofi Ibbotson – O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi Turizm brendi elchisi;
12. Tohirjan Soliyev – O‘zbekiston Aeronavtika federatsiyasi raisi;
13. Toni Tonchian Dzou – “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti rektori maslahatchisi;
14. Elmira Tuxvatullina - O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo bo‘ylab” telekanali davlat unitar korxonasi direktorining ijodiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari;
15. Ravshan Ubaydullayev – “Amirsoy” tog‘ chang‘i kurortini tashkil etish bo‘yicha loyiha rahbari;
16. Uiterdik Katerina – xorijiy tadbirkor;
17. Anvar Sharapov – vafot etgan (so‘nggi ish joyi O‘zbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi raisi maslahatchisi);
18. Erkin Xolmatov - Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i;
19. Muhayyo Hayitova – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Hududiy boshqarmalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;
20. Dilyor Hakimov - O‘zbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi favqullodda va muxtor elchisi, Yevropa Ittifoqi va NATOdagi vakolatxonalar boshlig‘i.
“Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni sovrindorlarini qutlash marosimi yaqin kunlarda tantanali ravishda o‘tkaziladi, unda bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov sovrindorlarga ko‘krak nishonini topshiradi.
Mavzuga oid
23:32 / 13.11.2024
Florensiya «haddan ziyod turizm»ga qarshi kurash bo‘yicha yangi choralar qabul qildi
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
10:26 / 03.11.2024
O‘zbekistonga xorijdan kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi
22:45 / 24.10.2024