Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi yetakchi ilmiy xodimi Halilulloh Hamidov tayyorlagan hisobotda ta'kidlanishicha, bunda, oltin miqdori 16,3 milliard dollardan 18,8 milliard dollarga yetdi. Xorijiy valutadagi zaxira aktivlari esa 15,44 milliard dollar, SDR hajmi 376 million dollar ekvivalentini tashkil etgan.
Ma'lumot uchun, SDR (Special Drawing Righs) – Xalqaro valuta jamg‘armasi tomonidan 1969 yilda tashkilotga a'zo davlatlarning rasmiy zaxiralarini to‘ldirish uchun yaratilgan xalqaro zaxira aktivi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining oltin-valuta zaxiralari
mln. AQSh doll.

Mazkur davrda oltin zaxiralari sof hajmi yil boshiga nisbatan 37 tonnaga (yoki 1,19 million troy unsiyaga) kamaydi. Chunki, 2020 yil 8 oyda 5,8 milliard dollarlik oltin eksport qilindi. Shu o‘rinda ta'kidlash kerakki, avgust oyida jahon bozorida oltin narxi rekord darajaga ko‘tarilgan bir paytda rekord miqdorida oltin eksport qilindi.
2020 yil 6 avgust kuni London vaqti bilan soat 15:00 holatiga, London oltin bozorida 1 troy unsiya oltin narxi yil boshiga (1 ming 514 AQSh dollar) nisbatan 36,5 foizga oshib, 2 ming 67 AQSh dollarini tashkil etdi. Joriy yil yanvar-iyul oylarida 3,3 milliard dollarlik oltin eksport qilingan bo‘lsa, avgust oyining o‘zida oltin eksporti 2,5 milliard dollarni tashkil etdi.
London oltin bozorida oltin narxi
(London vaqti bilan soat 15:00 holatiga, AQSh doll.)

Mazkur davrda oltin eksportidan tushumning rekord darajada ko‘payishi natijasida O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari tarkibida xorijiy valutadagi zaxira aktivlari hajmi qariyb 3 milliard AQSh dollariga (














