Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dream City kompaniyasi qadrli o‘qituvchi va murabbiylarni kasb bayramlari bilan qutlaydi
Dream City Development yer yuzidagi eng obro‘li kasblardan birining vakillarini bayramlari bilan samimiy muborakbod etadi.
Aziz o‘qituvchi va murabbiylarimizga sadoqatli mehnati va kundalik mashaqqatli xizmatlari uchun chin qalbdan minnatdorchilik bildirmoqchimiz. Siz bergan har bir bilimda ulkan professional tajriba va donolik mujassam.
Sizning cheksiz sabr-toqatingiz, bilim va ta'lim berishga bo‘lgan intilishingiz, qalbingizdagi iliqlik hamda kelajak uchun qo‘shayotgan bebaho hissangiz uchun ta'zim qilamiz. Aynan sizning mehnatingiz tufayli biz bir vaqtlar orzu qilgan muvaffaqiyatlarga erishamiz, farzandlarimizning dastlabki g‘alabalarini kuzatamiz.
Kompaniya nomidan barcha o‘qituvchilarga iliq his-tuyg‘ular, mustahkam sog‘liq va farovonlik tilaymiz. Har bir kuningiz baxt, quvonch va fayzga to‘lsin. Sizga kasbingizda yangi ijodiy yutuqlar, muvaffaqiyat va mehnatingizdan zavqlanish tuyg‘usini tilaymiz.
Sizning har bir o‘quvchingiz butun umri davomida sadoqatli ustozlariga bo‘lgan mehri va minnatdorchiligini qalbida saqlab qolishini tilaymiz!
Hurmat bilan, Dream City Development kompaniyasi.
Sayt: www.dreamcity.uz
Telegram: t.me/dreamcityuz
Facebook: fb.com/dreamcity.uz
Instagram: @dreamcity.uz
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
15:00 / 10.11.2025
Chorvoq Darvozasi turar joy majmuasida O‘zbekiston Milliy banki va yetakchi developerlardan biri - Dream City kompaniyasi tantanali kalit topshirish marosimini o‘tkazdi
11:00 / 03.07.2025
Chorvoq Darvozasi – istiqbolli ko‘chmas mulk sarmoyasi
15:00 / 24.06.2025
Chorvoq Darvozasi - O‘zbekistondagi tog‘li hududdagi yangi turdagi turar-joy majmuasi
15:00 / 03.06.2025