«Biz transfer şartlari borasida kelişuvga erişdik. Şomurodov yaqin kunlar içida Italiyaga yetib kelişi kerak. Umid qilamanki, barçasi tez orada hal böladi», - deya Fajianoning sözlarini keltirmoqda Metaratings.
Avvalroq, «Rostov» klubi Eldor Şomurodovni 9 million yevro evaziga Italiya klubiga qöyib yuborişga rozi bölgani haqida xabar berilgandi.
Ma'lumot uçun, Şomurodov 2017 yildan buyon rostovliklar safida töp surmoqda. Futbolçining şartnomasi 2024 yilga qadar belgilangan. Transfermarkt portali hujumçining transfer bahosini 6,5 million yevroga baholagan.
Eldor Şomurodov ötgan mavsumda Rossiya Premer-ligasida 11ta gol urib, töpurarlar qatoridan joy olgandi. Joriy mavsumda u 9 öyinda bitta gol muallifiga aylangan. Şuningdek, Eldor Yevropa ligasi 3-saralaş bosqiçi doirasida ötgan hafta «Makkabi» (1:2) klubi darvozasini işğol etgandi.












