Amerikaning General Motors konserni elektr yuk maşinalari işlab çiqaruvçi Nikola kompaniyasidan uluşini oşirmoqçi, deb xabar beradi CNBC.
Kompaniyalarning strategik hamkorligi töğrisida sentabr boşlarida ma'lum bölgandi. Öşanda konsern Nikola kompaniyasining qiymati ikki milliard dollarlik 11 foiz aksiyasiga ega bölişi aytilgandi.
Ammo General Motors aksiyalarni sotib olmaydi, balki Nikola Badger pikapini işlab çiqariş bilan şuğullanadi. Nikola öz navbatida GM Ultium akkumulyator tizimi va Hydrotec yonilği unsurlari texnologiyasidan foydalanadi.
Endilikda GM köproq aksiya sotib olişni istamoqda, ammo uning qança miqdorda ekanligiga aniqlik kiritilmagan.












