«Bugun birinçi xonim va men COVID-19’ga topşirgan test musbat natija körsatdi. Biz darhol karantinga olinamiz va davolanişni boşlaymiz. Biz bundan birgalikda ötamiz!»,  deb yozdi Tramp tvitterida.

Bungaça bir neça soat oldin AQŞ prezidenti «karantin» jarayonini boşlaşga tayyorligini xabar qilgandi - uning yaqin maslahatçilaridan biri, unga Klivlend va Minnesotadagi saylovoldi safarlarida hamrohlik qilgan Houp Hiksda koronavirusdan zararlaniş holati tasdiqlangandi.

Tramp bu xabarni «qörqinçli» deb atagan va uning oilasi test natijalarini kutayotganini ma'lum qilgandi.

Trampning davolovçi şifokori Şon Konli u prezidentlik vazifalarini bajarişga layoqatli ekanini aytib ötgan.

«Men prezident Tramp va birinçi xonim Melaniya Trampning SARS-CoV-2 virusiga testi natijasi musbat çiqqani haqida xabar oldim. Prezident va birinçi ledi ayni vaqtda özlarini juda yaxşi his qilişmoqda, ular soğaygunça Oq uyda qolişni rejalaştirişgan», deyiladi Oq uy tomonidan tarqatilgan şifokor maktubida.

«Şubha qilmasangiz ham böladi, prezident soğayiş jarayonida öz majburiyatlarini bajarişda davom», deya qöşimça qilgan şifokor.

Trump Organization’da Trampga yordamçilik qilgan, keyin Oq uyda kommunikatsiyalar böyiça prezident maslahatçisiga aylangan Houp Hiks şu haftada Ohayo ştatining Klivlend şahrida ötkazilgan ilk debatlarda prezidentga hamrohlik qilgan, keyingi kuni esa u bilan birga Minnesotaga uçgandi.

Samolyot bortida ulardan taşqari katta maslahatçi - prezidentning kuyovi Jared Kuşner, Oq uyda ijtimoiy media masalalari böyiça maslahatçi Den Skavino va prezident ma'muriyatining boşqa xodimlari ham bölişgan.

Amerika naşrlarining qayd etişiça, Jo Bayden bilan debat vaqtida AQŞ prezidenti jamoasi a'zolari himoya niqoblari taqişmagandi.

Hozirça AQŞ prezidenti karantinni qay tartibda ötkazişi ma'lum emas. Amerika yuqumli kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş böyiça markaz körsatmasiga köra, koronavirusga testi natijasi musbat çiqqanlar 14 kun davomida yaşaş joyini tark etmasligi va u sönggi vaqtlarda aloqada bölgan barça şaxslar haqida ma'lumotlarni taqdim etişi kerak böladi.

  • Koronavirus yuqtiriş holatlari Oq uyda bir neça bor qayd etilgan. May oyida koronavirus AQŞ vitse-prezidenti Maykl Pensning öşa paytdagi matbuot kotibi Keti Millerda aniqlandi, iyul oyi oxirida esa AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça yordamçisi Robert ÖBrayyenda qayd etildi. Ikkala amaldor ham soğayib, işga qaytişdi.