Surxondaryo viloyatining Qumqörğon tumanidagi Köganli mahallasida 6,5 milliard sömga qurib bitkazilgan köprik heç qança vaqt xizmat körsatmay qulab tuşgan. Aholi şu mahalladagi yangi yöl qurilişi ham xuddi şunday sifatsiz bajarilib, yaroqsiz holga kelib qolişidan qörqmoqda, deb yozadi Daryo.uz.
Onlayn naşrga şikoyat qilgan qumqörğonliklar yöl ta'miri uçun ajratilgan 5,5 milliard söm töğri sarflanmayapti, degan fikrda.

«Mahallamiz hududidan ötuvçi 19 km yöl ta'miri uçun 5,5 milliard söm mablağ ajratilib, 2020 yilning yanvar oyida ta'mirlaş işlari boşlab yuborilgan. Biroq ta'mirlaş işlari loyihada körsatilgandek amalga oşirilmayapti. Bu esa yölning sifatsiz qurilişiga sabab böladi», — deydi Köganli mahallasida yaşovçi Umbar Zoirov.

Umbar Zoirovning ma'lumot berişiça, Sariosiyodan olib kelinişi lozim bölgan şağal, Jarqörğondan kelişi lozim bölgan qum va neft mahsulotlari olib kelinmayapti. Ularning örniga loyli qum va sifatsiz şağaldan foydalanilmoqda.
Murojaatçilar mahallada 2017 yil oxirida 6,5 milliard sömga qurilib, foydalanişga topşirilgan köprik 2020 yil boşiga kelib yaroqsiz holga kelganini ta'kidlab, qurilayotgan yöl ham şunday sifatsiz bajarilgaç, heç qança vaqt ötmay yaroqsiz bölib qolişi mumkinligini taxmin qilmoqda.

«Yöl sifatsiz ta'mirlanayotgani, şuningdek, quriliş-ta'mirlaş işlari bajarilayotgan payt yöl belgilari örnatilmagani sabab biz bundan norozi böldik va ta'mirlaş işlari töxtatilişini talab qildik, — deydi aholi vakillari. — Uşbu hududda 500 nafar öquvçi öqiydigan 43-maktab bor. 2020 yil yanvarda ta'mirlaş işlari boşlangan payt loyli qum tökilgani sabab farzandlarimiz maktabga borişda loyga botib qolardi. Ayni kunlarda esa çang tözondan aziyat çekyapmiz».

Aholining qöşimça qilişiça, talabga javob bermaydigan yöl sabab yölkira narxlari ham keskin oşgan.














