Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev islohotlarning borişi bilan yaqindan tanişiş maqsadida 20 avgust kuni Qoraqalpoğiston Respublikasiga jönab ketdi.
Prezident matbuot xizmati xabariga köra, safar davomida Möynoq, Qonliköl, Qoraözak, Taxiatoş kabi tumanlar va Nukus şahridagi bunyodkorlik işlarini közdan keçiriş, sanoat korxonalari va fermer xöjaliklari faoliyati bilan tanişiş, xalq bilan muloqot qilib, yangi loyihalarni belgilaş rejalaştirilgan.
Taşrif ikki kunga möljallangan, deyiladi xabarda.












