Namangan şahrida istiqomat qilgan 35 yoşli ayol 29 sentabr kuni ikki yarim yil muqaddam sotib olingan uyidan majburan çiqarmoqçi bölgan MIB xodimlariga öz noroziligini bildirib, öziga öt qöygan va tanasining katta qismi kuyişi oqibatida vafot etgan edi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Yangiqörğon tumanida qilgan çiqişida uşbu voqeaga öz munosabatini bildirib ötdi.
“Bu holatni men mutlaqo qoralayman. Balkim bu örinda ayol qaysidir ma'noda nohaqdir, Majburiy ijro byurosi töğri talabni qöygandir.
Lekin şunda ham ayolning holatini tuşuniş mumkin edi. Oddiy gaplaşganda ham kimdir çarçab qolgan, kimdir asabiylaşgan, kimdir özini tutolmayotganini seziş mumkin. Bu ham ayb emas, uning salomatligida qandaydir muammo kuzatilayotgan bölişi mumkin.
Mana şunday holatda Majburiy ijro byurosi özining içki qarori bilan ijroni ma'lum bir muddat keyinroqqa surişi, ayol öziga kelgaç, yaqinlari orqali tuşuntirib, söngra yana şuğullanişi mumkin edi.
Bu holatda Majburiy ijro byurosining ham xatosi bor, degan xulosaga keldim”, — dedi Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Namangan viloyati Yangiqörğon tumanida qilgan çiqişida.
Namangan şahar prokuraturasi tergovçisi Muzaffar Ismoilovning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, majburiy ijro vaqtida öziga öt qöyib halok bölgan ayol voqeasi böyiça şahar prokuraturasi JKning 103-moddasi 1-qismi (Özini özi öldiriş darajasiga yetkaziş) bilan jinoiy iş qözğatgan.











