Namangan şahrida majburiy ijro vaqtida öziga öt qöyib halok bölgan ayol voqeasi böyiça jinoyat işi oçildi.
Namangan şahar prokuraturasi tergovçisi Muzaffar Ismoilovning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, holat yuzasidan Namangan şahar prokuraturasi JKning 103-moddasi 1-qismi (Özini özi öldiriş darajasiga yetkaziş) bilan jinoiy iş qözğatgan.
35 yoşli ayol 29 sentabr kuni şaharning «Istiqbol» MFY Boği Eram köçasi 34-uydan uni majburan çiqarişga kelgan MIB xodimlariga norozilik sifatida, ularning oldida ustiga benzin sepib, özini yoqib yuborgan, natijada tanasining 80 foizdan ortiq kuyiş jarohati bilan 30 sentabr kuni RŞTYoIM Namangan filialida vafot etgan edi.
Marhuma ayol firibgarlik qurboni bölgan – uning onasiga uyni 13 ming dollarga aldab sotgan ayolga ozodlikni çeklaş jazosi qöllangan, uyning asl egasi esa mulk öziga qaytarilişi uçun sudga murojaat qilgan.
Holat yuzasidan Kun.uz öz suriştiruvlarini boşladi. Aniqlangan dastlabki ma'lumotlarga köra, Majburiy ijro byurosining Namangan şahar bölimi iş yurituvida undiruvçi – marhumaning onasi Muhabbat Dedeboyevaning foydasiga qarzdor N.F.dan 13 000 AQŞ dollariga teng 131 991 470 sömni undiriş töğrisida ijro hujjati mavjud bölgan. Ammo mazkur ijro hujjati ijrosi bugunga qadar ta'minlanmagan.
Holat yuzasidan jurnalistik suriştiruvlar davom ettiriladi.












