Koronavirus yuqtirib olgan AQŞ prezidenti Donald Tramp bir neça kun Uolter Rid nomidagi AQŞ milliy harbiy tibbiyot markazida böladi. Bu haqda AP yozmoqda.

Agentlikning Oq uyga tayanib xabar berişiça, Tramp kasalxonada u uçun tayyorlab qöyilgan maxsus lyuks xonadan prezizidentlik faoliyatini davom ettiradi. Reuters'ga köra, Tramp kasalxonaga yotişni xohlamagan, lekin uning şifokorlari prezident kerakli tibbiy xizmatni olişi uçun kasalxonaga yotişiga köndirişgan.

AP'ning yozişiça, 74 yoşli Tramp koronavirus qiyin ötadigan odamlar sirasiga kiradi. Avvalo uning yoşi katta, şuningdek, böyi 190 sm bölgan Trampning oğirligi 110 kg va bu normal holat hisoblanmaydi: «Tramp jismoniy tarbiya bilan şuğallanmaydi va parhez qilmaydi», deb yozgan Reuters.

Trampning tanasiga Regeneron kompaniyasi muvaffaqiyatli sinalganini e'lon qilgan antinanali kokteyldan 8 gramm yuborişgan. Şifokorlar prezidentning tanasi preparatni muammosiz qabul qilganini ma'lum qilişdi.