Agentlikning bildirişiça, remdesivir qabul qilayotgan ayrim bemorlarda ötkir buyrak kasalliklari rivojlanganligi töğrisida xabarlar kelib tuşgan. Bu dorining yoki koronavirusning ta'siri bölganligi hozirça noma'lum, deb ta'kidlagan EMA.

 Oq uy şifokorining bildirişiça, AQŞ prezidenti Donald Trampda koronavirus aniqlanganidan söng mana şu dorini qabul qilişni boşlagan.

Remdesivir preparati Kaliforniyaning Gilead Sciences biofarmatsevtika kompaniyasi tomonidan Ebola bezgagiga qarşi kuraşiş uçun işlab çiqarilgan. 2020 yil aprelda kanadalik olimlar uşbu dori koronavirusning avj olişiga tösqinlik qilişini aniqlagandi.

AQŞ hukumati may oyida COVID-19 bemorlarini davolaşda remdesivirdan foydalanişga ruxsat bergandi.

Iyul oyi boşlarida EMA xulosasiga asosan Yevrokomissiya ham koronavirus yuqtirgan bemorlarni davolaş uçun remdesivirni YeI mamlakatlarida sotişga ruxsat bergan.