Ma'lumotlarga köra, «Rostov» 25 yoşli hujumçisini 7,5 million yevro evaziga transfer qilgan.

Özbekistonlik forvardning Italiya çempionatidagi iştiroki yaxşi çiqsa, donliklar klubi yana 1,5 million yevroni bonuslar körinişida olişi mumkin. Bundan taşqari, «Jyenoa» Şomurodovni boşqa klubga sotsa, «Rostov» keyingi transferdan 15 foizlik uluşga ega böladi.

Futbolçining italyan jamoasidagi yillik maoşi miqdori 1 million yevroni taşkil etişi xabar qilingan.

Avvalroq «Jyenoa» Şomurodovni 8 mln yevroga sotib olgani va hujumçi Genuya klubida yiliga 600-700 ming yevro maoş olişi xabar qilingandi.