Hozirda koronavirusdan himoyalanişda eng asosiy vosita hisoblangan himoya niqoblari kuz va qişda lablar qurişişida yordam berişi mumkin. Bu haqda dermatovenerolog şifokor Aleksey Yedemskiy ma'lum qildi. 

Şamol, sovuq harorat, xonadagi isitiş tizimi, quruq havo lab terisining qurişişiga olib keladi. Bu muammo xeylit deb ataladi. Yuzga taqiluvçi niqob esa bunday holatda yordam beradi. “Niqob ostida issiqxona effekti vujudga keladi. Bu esa muammoni çuqurlaştirmay, aksinça qandaydir ma'noda holatni yaxşilaşi mumkin, çunki bunda niqob ostida namlik köproq böladi”, deb aytgan şifokor. Buning natijasida esa lablar qurişib ketmaydi.

Mutaxassisning ta'kidlaşiça, sovuq mavsumda köçaga çiqqanda gigiyenik pomadadan foydalaniş kerak. U labda plyonka hosil qilib, teri sirtidan namlikning buğlanib ketişi oldini oladi. Yopiq joylarda esa namlaş effektiga ega bölgan, misol uçun glitserin yoki gialuron kislotali vositalar qöllaş mumkin.

Lablar vitaminlar yetişmasligi sababli ham qurişişi va yorilişi mumkin. Şifokorning ta'kidlaşiça, hozirda odamlarga bioqöşimçalar va vitaminlarning betartib qabul qilinişi xos bölib, buning oqibatida organizmda vitaminlar me'yoridan köpayib ketadi. Bu ham lab terisining qurişişiga olib kelişi mumkin.