6 oktabr kuni agentlik tomonidan taşkil etilgan matbuot anjumanida Akmal Burxonov Parkent tuman hokimligining davlat xaridi yuzasidan suriştiruv tafsilotlari haqida jamoatçilikka ma'lumot berdi.
Ta'kidlanişiça, jinoyat işi doirasida tegişli idoralarning malakali mutaxassislaridan iborat komissiya tomonidan ölçov va taftiş işlari davom ettirilmoqda. Aybdor şaxslarni aniqlaş bilan birga yetkazilgan zararning qoplanişini ta'minlaşga qaratilgan çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
«Tekşirişlar davomida «Davlat xaridlari töğrisida»gi qonun talabi buzilgani, xususan avtomaşina sotib olişda manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyilgani aniqlangan. Natijada tuman hokimining avtomaşina sotib oliş töğrisidagi farmoyişi bekor qilingan va «Mega Karer» MÇJ tomonidan 260 million söm pul mablağlari tuman hokimligi hisob raqamiga qaytarib ötkazib berilgan. Hozirda Toşkent viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv davom etmoqda», — dedi agentlik direktori Akmal Burxonov.
Toşkent viloyati Parkent tumani hokimligi «Mega Karer» MÇJdan «Captiva» rusumli avtomobil 260 mln. sömga sotib olingani, sotuvçi va sotib oluvçi mansabdor şaxs yaqin qarindoşlik aloqalariga ega ekani haqida ma'lumot tarqalgandi.
Mazkur holat yuzasidan Toşkent viloyati hokimligi axborot xizmatining ma'lum qilişiça, haqiqatdan ham Parkent tumani hokimligi «Captiva» avtomobili xarid qilgan va vositaçi korxona ta'sisçilaridan biri tuman hokimining öğli ekanligini tasdiqlagan. Şundan söng, Korrupsiyaga qarşi kuraş agentligi mazkur iş yuzasidan Boş prokuraturaga sörov yuborib, undagi korrupsion holatlarni örganişini bildirgan.











